Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi qay tartibda tuzilishi haqida bilasizmi, yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritiladimi?


Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi qay tartibda tuzilishi haqida bilasizmi, yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritiladimi?

Mehnat kodeksining 508-moddasiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Bunda mehnat shartnomasining muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Ish qidirayotgan shaxs mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar mehnat va bandlik shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilingan bo‘lishi kerak. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Mehnat shartnomasining nusxasini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq e’lon qilmasdan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Bosh yuriskonsult: A.Kazimbayev