Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilasizmi?


Yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilasizmi?

Mehnat kodeksining 526-moddasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari uchun qonunchilikda ishga qabul qilishning, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilish muddati yuqori malakali mutaxassis yoki malakali chet el mutaxassislari uchun, ularning xohishiga ko‘ra, tasdiqnomalar berilgan kundan e’tiboran uch yilgachani tashkil etadi, cheklanmagan miqdorda uzaytirishlar imkoniyati bilan beriladi, lekin bu miqdor har bir holda ko‘pi bilan uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma olmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga ega.

Mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni ichida boshqa ish joyini izlashga haqlidir, bu davrda ularga ilgari berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalar, shuningdek vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlanadi.

Chet el fuqarolarini yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar toifasiga kiritish mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva