Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Bolalar nafaqasini olish tartibi


Bolalar nafaqasini olish tartibi

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Bola nafaqasi olish uchun oilasida 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu xizmatdan kam taʼminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin. Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lganga qadar), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan. Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:

·                     my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;

·                     tegishli xizmatni tanlashi;

·                     undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul. Ariza "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi. Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. Shuni aytib o’tish joizki "Yagona reyestr" AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.            

 

 

        Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi