Янгиликлар
Ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish to’g’risida
Ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish to’g’risida
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi. Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin kalendar yil mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son Qonuniga asosan quyidagi o’zgartirish kiritildi.
241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak”;
Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi