Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Homiladorlik va tug’ish nafaqasi qancha vaqtda to’lanadi


Homiladorlik va tug’ish nafaqasi qancha vaqtda to’lanadi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 314-son qaroriga 1-ilova "Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom 6-bandiga kura, nafaqa to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi, lekin mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgandan kundan boshlab o‘n olti kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim (qonunchilikda belgilangan ish haqi bir oyda bir marta to‘lanadigan xodimlar toifasi bundan mustasno), ya’ni xomiladorlik va tugish buyicha mexnatga layokatsizlik varakasini ish beruvchiga topshirgan kuningizdan boshlab xomiladorlik va tugish nafakasi 16 kalendar kun ichida tulanishi shart.

 

        Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi