Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Kuzatuv kameralari o’rnatish tartibi


Kuzatuv kameralari o’rnatish tartibi

Mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyati tashkil etilishi mumkinligi belgilangan. Shuningdek, qonunchilikda shaxslarning o‘z mulkini himoya qilish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatishiga ruxsat berilgan. Biroq, bu jarayonda boshqa shaxslarning shaxsiy hayoti daxlsizligi va maxfiyligi buzilmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga muvofiq, har bir shaxsning shaxsiy hayoti, sha'ni va obro‘sini hurmat qilish huquqi mavjud. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 100-moddasida shaxsiy hayotga aralashmaslik huquqi belgilangan.

 

        Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi