Янгиликлар
Vaqtincha masofadan turib ishlash tartibi
Vaqtincha masofadan turib ishlash tartibi
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 453-moddasiga ko‘ra, vaqtincha masofadan turib ishlash xodim tomonidan mehnat vazifasini uning roziligi bilan ish beruvchining nazorati ostida bo‘lgan statsionar ish joyidan tashqarida vaqtincha bajarilishini nazarda tutuvchi ish rejimidir. Vaqtincha masofadan turib ishlashda mehnat shartnomasi taraflarining roziligi bilan masofadan turib ishlash rejimining muddati shart qilib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Kodeksga asosan, vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishning eng ko‘p muddati bir yildan oshmasligi kerak.
Vaqtincha masofadan turib ishlash muddati tugagach, ish beruvchi xodim uchun u masofadan turib ishlash rejimiga o‘tguniga qadar ishlagan avvalgi ish rejimini belgilashi shart. Agar masofadan turib ishlashga o‘tish vaqtincha bo‘lgan bo‘lsa, ish beruvchi xodimning o‘tkazilish muddati tugashi bilan unga avvalgi mehnat vazifasi bo‘yicha ishini ham berishi shart.
Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi