Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Molk- mulkni sotishda er-xotinning roziligi talab etilmaydi…


Molk- mulkni sotishda er-xotinning roziligi talab etilmaydi…

 

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Quyidagi hollarda bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

- nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

- meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan;

- nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa;

- er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi