Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi.


Pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ353-son qarori bilan joriy yilning 1-martidan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etildi.

Bunda pensiya yoshiga to‘lgan fuqarolarga pensiya avtomatik tarzda, hech qanday hujjatlarsiz tayinlanadi. Ularning ish staji, ish haqi va oila tarkibi kabi ma’lumotlari esa tegishli idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.

Amaldagi tartibga ko‘ra fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, pensiya tayinlashni so‘rab yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga, Davlat xizmatlari markaziga va Yagona portali orqali murojaat qilib kelgan. Proaktiv shakl esa 60 yoshga to‘lgan erkaklarga va 55 yoshga to‘lgan ayollarga ularning arizasisiz pensiya tayinlashni nazarda tutadi. Bunda ma’lumotlar Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish markazidan olinadi.

Fuqarolar o‘zlarining ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlari raqamlashtirilganiga aniqlik kiritib qo‘yishlarini zarur. Agar ma’lumotlar raqamlashtirilmagan bo‘lsa, bu bo‘yicha ma’lumotlarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Yagona milliy mehnat tizimi — “my.mehnat.uz” platformasi yoki Yagona portal orqali olishlari mumkin. Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zlari ham “my.mehnat.uz” sayti orqali o‘z mehnat daftarchalarini raqamlashtirib qo‘yishlari mumkin.

Shuni alohida inobatga olish kerakki, faqat 1-martdan boshlab 60 yoshga to‘lgan erkaklarga va 55 yoshga to‘lgan ayollarga proaktiv shaklda pensiya tayinlanadi. Qolgan hollarda (masalan, 1-mart sanasidan oldin pensiya yoshiga yetganlar) fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ariza topshirishlari kerak. Arizalar 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, natijalari elektron yoki SMS-xabar shaklida yuboriladi.

 

Piskent tuman adliya bo‘limi

Davlat xizmatlari markazi

sho‘ba boshlig‘i

Sh.Akbarov