Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda nikohdan ajralishni qayd etish tartibi qanday?


Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda nikohdan ajralishni qayd etish tartibi qanday?

 

Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida oʻrtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yoʻqligini tasdiqlashlari shart.

Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgach qayd etiladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

 

Ohangaron tuman adliya boʻlimi boshligʻi                                                             B. Joʻrayev