Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Savol: Meros to‘g‘risidagi guvohnoma olishda qanday hujjatlar talab qilinadi?


Savol: Meros to‘g‘risidagi guvohnoma olishda qanday hujjatlar talab qilinadi?

Javob: Meros berishda notarius, qoida tariqasida, quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

meros qoldiruvchining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki uy daftaridan ko‘chirma;

meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (bunda meros abo ko‘chmas mulk bo‘lsa, kadastr ma’lumotnomasi);

merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;

merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma.

Nurafshon shaxar

YUXKM boshlig‘i                                                                F.Nazarov