Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Savol: Guvohnoma berish uchun qanday to‘lovlar undiriladi?


Savol: Guvohnoma berish uchun qanday to‘lovlar undiriladi?

Javob: Guvohnoma berishda notarius tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun agar meros mol-mulk ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lsa (har bir mol-mulk uchun) BHMning 50 foizi miqdoricha, shuningdek, mol-mulkning boshqa barcha turlari uchun BHMning 30 foizi miqdoricha davlat boji undiriladi.

Shuni eslatib o‘tish lozimki, turar-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros mol-mulkning summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.

Shuningdek, guvohnoma berishda notarius tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.

Guvohnoma, shu jumladan guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.

Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.

Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng amalga oshiriladi.

To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.

Meros qoldiruvchining merosxo‘rlari tomonidan meros haqidagi guvohnomani olish uchun hududiy davlat notarial idorasi notariuslari yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Nurafshon shaxar

YUXKM boshlig‘i                                                                F.Nazarov