Янгиликлар
Savol: Bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi qanday?
Savol: Bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi qanday?
Javob: Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida o‘sha kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi.
Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.
Nurafshon shaxar
YUXKM boshlig‘i F.Nazarov