Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Savol: Meros nima?


Savol: Meros nima?

Javob: Meros – marhumdan vorislarga qolgan mulk bo‘lib, marhumning mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar, aqliy faoliyat (kashfiyot, ixtirochilik, mualliflik) natijalariga bo‘lgan alohida huquqlari, shuningdek bu huquqlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin bo‘lgan ajdodlardan avlodlarga o‘tuvchi mulklar hisoblanadi.

 

Fuqarolik kodeksining 1116-moddasiga asosan, meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi. Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.

Nurafshon shaxar

YUXKM boshlig‘i                                                                F.Nazarov