Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Aholini tadbirkorlikka jalb qilishda ular uchun qanday imtiyozlar mavjud?


Aholini tadbirkorlikka jalb qilishda ular uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Yurtimizda aholini ijtimoiy hamda iqtisodiy qoʻllab quvvatlar, ularning turmush sharoitida ijobiy oʻzgarishlar qilish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 11-maydagi 252-sonli qarori bilan “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, fuqarolarga ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ragʻbatlantirish uchun davlat tomonidan bir qancha subsidiyalar ajratilishi belgilangan. Mazkur subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi: yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun, sugʻorish vositalari xarid qilish uchun, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun, ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun, “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmgacha) miqdorida va boshqa shu kabi koʻplab subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining quyidagi turlarini rivojlantirish uchun ham subsidiyalar berilishi koʻrsatib oʻtilgan.

• avtotyuning (avtomobillarga aksessuarlar va avtosignalizatsiya oʻrnatish, gʻiloflar va pol qoplamalarini tikish);

• maishiy texnikani oʻrnatish va taʼmirlash;

• kompyuterlarni taʼmirlash va sozlash;

• video va fotosuratga olish;

• mebellarni taʼmirlash va yigʻish;

• sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari;

• kosmetolog xizmatlari;

• multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ularga ishlov berish;

• dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash.

Subsidiya turidan foydalanmoqchi boʻlganlar tavsiya berishni soʻrab oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

Maʼlumotlar oʻrganib chiqilib, oʻrganish natijasiga koʻra (agarda xulosa va hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa) subsidiya ajratiladi.

 

 

Nurafshon shahar

YUXKM bosh yuristkonsulti

Sh.O.Qoʻziyev