Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonunchilikda fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qanday talablar qo’yilgan?


Qonunchilikda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qanday talablar qoʻyilgan?

Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunining 23-moddasida fuqarolar raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning may oyida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimlariga navbatdagi saylov jarayonlari boʻlib oʻtadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylovlarning demokratik tartibda amalga oshirilishi hamda nomzodlar koʻrsatilayotgan hududlarda yashovchi fuqarolarning xohish-istaklari eʻtiborga olinib, qonunchilikda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida” qonuni 17-moddasida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar belgilangan boʻlib, nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʻlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʻtiborga ega boʻlishi kerakligi nazarda tutiladi. Shuningdek, Qonunda ayrim shaxslarning xususan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emasligi koʻrsatilgan.

 

Nurafshon shahar

YUXKM bosh yuristkonsulti

Sh.O.Qoʻziyev