Янгиликлар
Maktab oʻquvchisini bir maktabdan boshqa bir maktabga qanday oʻtkazish mumkin?
Maktab oʻquvchisini bir maktabdan boshqa bir maktabga qanday oʻtkazish mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2684-son buyrugʻiga asosan, ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yilida yoki oʻquv yili tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Buning uchun ota-ona oʻz farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatib bola oʻqiyotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi.
Ariza 1 ish kunida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun qaysi maktab tanlangan boʻlsa oʻsha maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.
Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan ikkinchi maktab direktoriga ariza beradi va arizaga avvalgi joydan berilgan maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.
Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini beradi.
Oʻquvchi oʻqiyotgan maktab direktori ikkinchi maktabdan maktabga kelish talonini olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi va shundan keyin oʻquvchi rasman bir maktabdan boshqa maktabga koʻchib oʻtgan hisoblanadi.
Nurafshon shahar
YUXKM bosh yuristkonsulti
Sh.O.Qoʻziyev