Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga qanday yordamlar koʻrsatiladi?



“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga qanday yordamlar koʻrsatiladi?

 

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari koʻrsatiladi:

Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln soʻmgacha) beriladi;

Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli oʻquv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi) qoplab beriladi;

Tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) boʻlgan qismi qoplab beriladi;

Respublikadagi professional taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan, shuningdek, Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;

Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) miqdorda qoplab beriladi.

 

Nurafshon shahar

YUXKM bosh yuristkonsulti

Sh.O.Qoʻziyev