Янгиликлар
Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda
Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining
ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab o‘tilgan.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalda bajarilishida ko‘maklashish maqsadida Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan.
Jumladan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishining nazoratini olib borish, “Ijro.gov.uz” tizimini samarali yuritilishi hamda manzilli va tematik tahlillarning sifatli tashkil etilishda nazorat qilish bo‘limlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olishi hamda ularning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib borishi belgilab qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, joriy yil davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali topshiriqlar tahlil qilinganda, viloyat hokimligi va ma’sul tashkilotlarga jami 1 582 ta hujjatlar kelib tushgan, ushbu hujjatlarda 14 532 ta topshiriqlar berilgan, shulardan, 11 546 tasi ijro qilingan, 2 475 tasi muddati kechiktirib bajarilgan, 2 958 tasi bajarilish jarayonida boʻlib, 28 ta topshiriqlar bajarilmasdan yoki muddatlari muvofiqlashtirish holatida ekanligi qayd etilgan.
Muddati o‘tgan topshiriqlarning 11 tasi qaror, 4 tasi farmon va 13 tasi yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriqlarga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, joriy yilda jami 152 ta holatda hududiy adliya boshqarmasiga qayta ishlashga yuborilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan joylarda monitoringlar o‘tkazilib, huquqiy-uslubiy ko`maklashildi hamda tegishli tartibda Adliya vazirligiga ma’lumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, 2025-yil davrida 4 ta soha yoʻnalishlarida Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosi boʻyicha oʻrganish va tahlillar oʻtkazildi.
Oʻrganish va monitoringlarda aniqlangan 19 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan 7 ta taqdimnomalar kiritilib, natijada 1 nafar maʼsul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Shu bilan birga, Prezident hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida sifatli taʼminlash hamda qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida 24 ta ogohnomalar kiritildi.
Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etib borish maqsadida, joriy yil 24-yanvar kuni Toshkent viloyati hokimligi tarkibiy bo‘lim rahbarlari va mutaxassislari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan 2025 yilda belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida samarali va to‘liq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o`quv-seminarida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi shoʻba boshlig‘i J.Qayumov tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini “ijro.gov.uz” tizimi orqali tizimli amalga oshirilishida ijro intizomini mustahkamlashga hamda ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator maʼlumotlar berib o‘tildi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta`minlashga qaratilgan shu kabi chora-tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlarini ijrosini nazorat qilish sho‘basi boshlig`i J. Qayumov