Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan.


 

 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 7-ilova 20-bandida ma’sul tashkilotlar tomonidan “Turizm klasterlari” ni tashkil etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, bunda “Turizm klasterlari” ning huquqiy maqomi, “Turizm klasterlari” ni tashkil etish tartibi va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish mexanizmlari belgilash nazarda tutilgan.

Shunga asosan, Vazirlar mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi “Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 915-son Qarori qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, turistik klaster maqomi kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmuiga berilganligi, turistik klasterlar belgilangan tartibda turistik klaster maqomi to‘g‘risidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanishi qayd etildi.

Shu bilan birga, turistik klaster maqomini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi vakolatli organ etib belgilandi.

Bundan tashqari, turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish uchun tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi talablarga javob berishi lozim ekanligi, jumladan:

ü turistik klaster faoliyati turoperator-mehmonxona-transport-xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinganligi;

ü turistik klaster hududida sig‘imi kamida 40 nafar mehmon uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasining mavjudligi;

ü turistik klaster hududida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini (esdalik sovg‘alari) sotish shoxobchalari (kamida bitta savdo nuqtasi) mavjudligi qayd etilganligi;

ü turistik klaster hududida turizimning quyidagi turlaridan biri tashkil etilganligi (ekologik, agroturizm, etnografik, madaniy va tarixiy, rekratsion va tibbiy turizmlar);

ü turistik klaster hududi va xizmat ko‘rsatish jarayonida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligi ta’minlanganligi;

ü turistlar (ekskursantlar) uchun qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, trasport, velosipet, qayiqlar, katamaralar va boshqa ijarasi) yaratilganligi;

ü turistlar tomonidan joylashtirish vositalaridagi joylarni oldindan band qilish va ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatlari mavjudligi talablariga javob berishi kerak ekanligi qayd etilgan.

 

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlarini ijrosini nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi O.Rahimov