Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari qanday?


 

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobiga koʻra; a) Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, shaʻni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

b) Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʻnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. Tarixiy, maʻnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

c) Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar.

d) Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart. Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.

e) Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.

Xulosa

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari — bu jamiyat va davlatni rivojlantirish, tartibni saqlash va huquqni hurmat qilish uchun muhim omillardir. Ushbu burchlar fuqarolarning huquqlari bilan uygʻun boʻlib, ular davlat tomonidan taʻminlangan huquq va erkinliklarni amalga oshirishning asosiy sharti boʻladi. Konstitutsiya fuqarolarni oʻz burchlarini bajarishga chaqiradi, bu esa jamiyatda ijtimoiy adolat, xavfsizlik va barqarorlikni taʻminlashga yordam beradi. Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini bajarish, ijtimoiy hamjihatlik va demokratik tizimni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Jiyanboyev Zuhriddin Ermat oʻgʻli