Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Jamoa shartnomasi qanday holatlar haqiqy emas deb topiladi?


Jamoa shartnomasi qanday holatlar haqiqy emas deb topiladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 68-moddasiga koʻra, Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar boʻlmasligi kerak:

xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;

mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

majburiy mehnatni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan;

ichki darajada hal etilishi mumkin boʻlgan masalalardan tashqariga chiqadigan.

Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar boʻlsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab boʻlmaydi.

Xulosa:

Jamoa shartnomasining haqiqiy emas deb topilishi quyidagi holatlar bilan bogʻliq boʻladi: agar shartnoma qonunga zid boʻlsa, uning tuzilishida noaniqliklar yoki yolgʻon maʻlumotlar mavjud boʻlsa, yoki shartnomaning tuzilishiga asos boʻlgan tomonlarning huquqiy qobiliyati boʻlmasa. Bunday holatlar jamoa shartnomasining haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi va bu bilan mehnat huquqlari buziladi.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Jiyanboyev Zuhriddin Ermat oʻgʻli