Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi


Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi

Korxonaga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Uy-joyga, koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros boʻyicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga oʻtayotganda uy-joy, koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.

Uy-joy, korxona, bino, inshoot, koʻp yillik dov-daraxtlar yoki boshqa koʻchmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga oʻtishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga oʻtgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning ulushiga mutanosib boʻlgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi oʻtadi.

 

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Jiyanboyev Zuhriddin Ermat oʻgʻli