Янгиликлар
Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʻtiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qoʻriqlashi, taʻmirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatishi shart.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan toʻsqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs:
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitutdan faqat servitut toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;
servitut uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab borishi (haq belgilangan taqdirda);
oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga koʻra oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni toʻxtatishi;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan eʻtiboran yozma shaklda javob berishi shart.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Maxamatov Nematjon Narimon oʻgʻli