Янгиликлар
Xodimning shaxsga doir maʻlumotlari
Xodimning shaxsga doir maʻlumotlari
Mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodimning, shuningdek uning oila aʻzolarining hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar toʻgʻrisidagi axborot xodimning shaxsga doir maʻlumotlaridir.
Shaxsga doir maʻlumotlar jumlasiga xodim toʻgʻrisidagi quyidagi maʻlumotlar kiradi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa);
maʻlumoti (qachon va qaysi taʻlim tashkilotlarini tugatganligi, diplomlari raqamlari, diplom boʻyicha tayyorgarlik yoʻnalishi yoki mutaxassisligi, malakasi);
mehnat faoliyati boshlanganidan eʻtiboran bajarilgan ishlari (harbiy xizmatni qoʻshib hisoblaganda);
doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili;
pasportiga oid maʻlumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi) va identifikatsiya ID-karta maʻlumotlari;
shaxsiy telefon raqami, elektron pochta manzili;
harbiy majburiyatga daxldorligi, harbiy roʻyxatga olish boʻyicha maʻlumotlar (zaxirada boʻlgan fuqarolar va harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar uchun);
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining raqami;
majburiy tibbiy koʻrik natijalari;
xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari;
oilaviy ahvoli, yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanalari;
xodimning va (yoki) uning oila aʻzolarining hayotidagi ish beruvchiga maʻlum boʻlib qolgan faktlar, voqealar hamda holatlar haqidagi boshqa maʻlumotlar.
Xodimning shaxsga doir maʻlumotlari toʻgʻrisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqlidir.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Maxamatov Nematjon Narimon oʻgʻli