Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xodimning shaxsga doir maʻlumotlariga ishlov berish chogʻidagi umumiy talablar va ularni himoya qilish kafolatlari


Xodimning shaxsga doir maʻlumotlariga ishlov berish chogʻidagi umumiy talablar va ularni himoya qilish kafolatlari

Ish beruvchi va uning vakillari shaxsga doir maʻlumotlarga ishlov berish chogʻida (shaxsga doir maʻlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bitta harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirganda):

xodimning ishlov berilayotgan shaxsga doir maʻlumotlarining hajmi va mazmunini belgilashda shaxsga doir maʻlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalariga amal qilishi;

xodimning shaxsga doir barcha maʻlumotlarini xodimning oʻzidan olishi shart. Agar xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini faqat uchinchi shaxslardan olish mumkin boʻlsa, xodimga bu haqda oldindan yozma ravishda xabar qilinishi va undan yozma rozilik olinishi kerak, bundan shaxsga doir maʻlumotlarni (tibbiy koʻrik natijalari, malaka oshirish doirasida malakaviy va boshqa baholashlar natijalari boʻyicha xulosa va boshqalar) xodim mazkur ish beruvchi tomonidan qonunchilikka muvofiq qaysi uchinchi shaxslarga yuborilgan boʻlsa, oʻsha uchinchi shaxslardan olish hollari mustasno;

shaxsga doir maʻlumotlarni olishning maqsadlari, taxmin qilinayotgan manbalari va usullari, shuningdek olinishi lozim boʻlgan shaxsga doir maʻlumotlarning xususiyati hamda xodimning ularni olish uchun yozma rozilik berishni rad etishi oqibatlari toʻgʻrisida xodimga xabar qilishi;

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini gʻayriqonuniy ravishda foydalanilishdan yoki yoʻqolishdan ish beruvchining shaxsiy mablagʻlari hisobidan himoya qilishni taʻminlashi;

xodimlarni va ularning vakillarini ish beruvchida mavjud boʻlgan, xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlariga ishlov berish tartibini belgilaydigan, shuningdek ularning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi;

xodimlarning vakillari bilan birgalikda xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqishi shart.

Agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ish beruvchi va uning vakillari xodimning jamoat birlashmalaridagi aʻzoligi yoki kasaba uyushmasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʻlumotlarini olish hamda ularga ishlov berish huquqiga ega emas.

Ish beruvchining vakillari tomonidan xodimning shaxsga doir maʻlumotlaridan foydalanish faqat xodimning mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Ish beruvchining xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlariga ishlov berishni amalga oshirayotgan vakillari oʻzlariga ishonib topshirilgan yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli oʻziga maʻlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʻlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Maxamatov Nematjon Narimon oʻgʻli