Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish


Xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish

Xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish tartibi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar talablariga rioya etgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini berish chogʻida ish beruvchi quyidagi talablarga rioya etishi kerak:

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini uning yozma roziligisiz uchinchi shaxsga xabar qilmaslik, bundan xodimning hayoti va sogʻligʻiga boʻlgan tahdidning oldini olish maqsadida, shuningdek ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda xabar qilish zarur boʻlgan hollar mustasno;

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini uning yozma roziligisiz tijorat maqsadlarida xabar qilmaslik;

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini oladigan shaxslarni ushbu maʻlumotlardan faqat ular xabar qilingan maqsadlarda foydalanish mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish va ushbu shaxslardan bu qoidaga rioya etilganligining tasdigʻini talab qilish. Xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini oladigan shaxslar maxfiylik rejimiga rioya etishi shart. Mazkur qoida ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlarini almashishga nisbatan tatbiq etilmaydi;

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini bitta tashkilot doirasida, bitta yakka tartibdagi tadbirkorda xodim imzo qoʻygan holda tanishtirilishi kerak boʻlgan ichki hujjatga muvofiq berishni amalga oshirish;

xodimlarning shaxsga doir maʻlumotlaridan foydalanishga faqat maxsus vakolatli shaxslarga ruxsat berish, bunda mazkur shaxslar xodimning faqat muayyan mehnat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan shaxsga doir maʻlumotlarini olish huquqiga ega boʻlishi kerak;

xodimning sogʻligʻi holati haqidagi axborotni soʻrab olmaslik, bundan xodim tomonidan mehnat vazifasini bajarish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalaga taalluqli boʻlgan maʻlumotlar mustasno;

xodimning shaxsga doir maʻlumotlarini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda xodimlarning vakillariga topshirishi hamda ushbu axborotni faqat koʻrsatilgan vakillar tomonidan oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan shaxsga doir maʻlumotlar bilan cheklash.

 

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Ozodov Asilbek Ulugʻbekovich