Янгиликлар
Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan va oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkin boʻlgan vaqtdir.
Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:
ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish;
dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
ishlanmaydigan bayram kunlari;
har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʻtillari;
xodimning istagiga koʻra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan boʻsh boʻlgan qoʻshimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Ozodov Asilbek Ulugʻbekovich