Янгиликлар
Xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning dam olish vaqti boʻlmagan davrlari
Xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning dam olish vaqti boʻlmagan davrlari
Xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari dam olish vaqtiga kirmaydi. Bunday davrlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinishi toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati davrida xodimga ishga joylashish uchun beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan qoʻshimcha kunlar;
oʻn olti yoshga toʻlguniga qadar nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan qoʻshimcha kunlar;
homilador ayollarga beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan kunlar;
donorlarning tibbiy tekshiruv kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod etilishi;
ijtimoiy taʻtillar: homiladorlik va tugʻish taʻtillari, bolani parvarishlash taʻtillari, oʻquv taʻtillari va ijodiy taʻtillar;
xodim tomonidan davlat yoki jamoat majburiyatlari bajariladigan davrlar;
ish beruvchining va mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab majburiyatlar bajariladigan davrlar;
xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari;
xodimga dam olish uchun emas, balki mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan oʻzga maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning boshqa davrlari.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshyurist konsulti Ozodov Asilbek Ulugʻbekovich