Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari nima?


Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari nima?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 26-moddasiga asosan xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.

Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar natijasida yuzaga keladi:

Lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish;

Lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash;

Vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish;

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish;

Ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi;

Ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish;

Shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish.

Mehnat shartnomasi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining ijozati bilan yoki topshirig‘iga ko‘ra xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham yuzaga keladi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Sh.Abdurahmonov