Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

QAYSI HOLLARDA IShDAN BO‘ShAYoTGAN XODIMLARNING TA’TIL PULLARI QAYTARILMAYDI?


QAYSI HOLLARDA IShDAN BO‘ShAYoTGAN XODIMLARNING TA’TIL PULLARI QAYTARILMAYDI?

Ko‘pchilik buxgalterlar juda yaxshi bilishadi, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun Mehnat kodeksining 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga muvofiq xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolinadi.

Lekin bu hamma holatda ham emas. Shunday asoslar ham borki, ta’til uchun to‘langan haq xodimning foydasiga xizmat qiladi.

Mehnat kodeksining 269-moddasi 3-qismiga e’tibor qiling! Har yilgi mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolishlar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining quyidagi asoslariga ko‘ra bekor qilingan taqdirda amalga oshirilmaydi:

-137-moddasining 4-qismida (xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan);

-143-moddasining 2-qismida (xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan);

-146-moddasining 5-qismida (xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi sababli);

-161-moddasi 2-qismining 1 (tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi), 2 (texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi) va 3-bandlarida (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi);

-168-moddasi 1-qismining 1 (xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi), 2 (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi), 6 (tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi), 8 (xodim vafot etganligi, shuningdek sud tomonidan xodimning bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi) va 9-bandlarida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi) nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;

-xodimning tashabbusi bilan 160-moddasining 8-qismida (mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kabi) ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lganda.

-Yuqoridagi asoslardan tashqari, ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilishi yoxud yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatning davom etishiga monelik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmasa, mehnat shartnomasi 168-moddasining 4 va 5-bandlariga ko‘ra bekor qilinganda ham bunday ushlab qolish amalga oshirilmaydi.

-Mana shu ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bo‘lganida ish yili tugamasidan har yilgi ta’tillaridan foydalanib ishdan bo‘shayotgan xodimlarning ta’til vaqti uchun to‘langan haqlari qaytarilmaydi.

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev