Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibikimlardan iborat?


Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibikimlardan iborat?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 52-moddasiga asosan Respublika darajasida xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tuziladi.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning respublika birlashmalari vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari kiradi.

Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning respublika birlashmalari tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning respublika birlashmalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining shaxsiy tarkibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan belgilanadi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Sh.Abdurahmonov