Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar vakolatlarining muddati qancha?


Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar vakolatlarining muddati qancha?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 53-moddasiga asosan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlardir. Komissiyalar vakolatlarining muddati tegishli jamoa kelishuvini yoki jamoa shartnomasini tayyorlash va uning amal qilish muddatiga belgilanadi.

Taraflar tomonidan yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ular ushbu Kodeksning 48 - 51-moddalarida nazarda tutilgan tartibda yangidan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha tegishli komissiyalarni tuzadi. Bunda, agar ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishining yakunlariga ko‘ra tegishli taraf avvalgi komissiya tarkibida bo‘lgan shaxslarning faoliyatini qoniqarli deb topgan bo‘lsa, tegishli tarafning qarori bilan komissiya tarkibiga ushbu shaxslar ham kiritilishi mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Sh.Abdurahmonov