Янгиликлар
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishini rejalashtirish tartibi qanaqa?
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishini rejalashtirish tartibi qanaqa?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 56-moddasiga asosan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yil uchun ish rejasi komissiyaning joriy yil to‘rtinchi choragidagi oxirgi majlisida tasdiqlanadi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Komissiya reglamentini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari;
Komissiya majlislari o‘tkaziladigan sanalar;
Komissiya muhokamasiga taqdim etiladigan masalalarning ta’rifi;
Komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari;
Jamoa kelishuvlarining, jamoa shartnomasining bajarilishi, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish choralari;
Komissiya ishining texnik ta’minotiga qaratilgan chora-tadbirlar.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasida komissiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, tegishli darajadagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Taraflarning kelishuviga ko‘ra ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya majlislarida ish rejasiga kiritilmagan qo‘shimcha masalalar ijtimoiy sheriklik taraflarining kelishuviga ko‘ra ko‘rib chiqilishi mumkin.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |