Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bolalarning oiladagi xususiy mulki


Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Voyaga etmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar.

Voyaga etmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga etmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga etmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga etmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan muxofaza qilinadi.

Mulkdordan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda mulki olib qo‘yilishi mumkin:

Mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yish

Mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘la olmaydigan mol-mulk uning mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga to‘lanadi.

Natsionalizatsiya

Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.

Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.

Rekvizitsiya

Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin (rekvizitsiya).

Rekvizitsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan vaziyatlarning amal qilishi to‘xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.

Musodara

Qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (musodara).

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            N.Anarkulova