Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi qanaqa?


Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi qanaqa?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 136-moddasiga asosan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

 

 

M.Shamatov