Янгиликлар
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish tartibi qanaqa?
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish tartibi qanaqa?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 141-moddasiga asosan mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodim boshqa ishga bir yil muddatgacha vaqtincha o‘tkazilishi mumkin, bunday o‘tkazish qonunga muvofiq o‘zining ish joyi saqlanib qolinadigan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rnini egallash uchun amalga oshirilayotgan taqdirda ushbu xodim ishga chiqquniga qadar o‘tkazilishi mumkin. Agar xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach unga avvalgi ishi berilmagan, xodim uning berilishini talab qilmagan va ishlashni davom ettirayotgan bo‘lsa, o‘tkazishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi kelishuvning sharti o‘z kuchini yo‘qotadi hamda o‘tkazish doimiy deb hisoblanadi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i |
M.Shamatov |