Янгиликлар
17
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi:
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi:
- Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlar hisobga olingan holda qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.
- Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi quyidagilarga majburiy tartibda belgilanadi:
- 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga (ushbu Kodeksning 415-moddasi);
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga (ushbu Kodeks 427-moddasining birinchi qismi);
- noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga (ushbu Kodeksning 477-moddasi);
- ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot xodimlariga, pedagoglarga va boshqa toifadagi xodimlarga (ushbu Kodeksning 184-moddasi);
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) (ushbu Kodeks 397-moddasining birinchi qismi).
- Har kungi ishning (smenaning) davomiyligi:
- a) o‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:
- 6 kunlik ish haftasida — 7 soatdan;
- 5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan;
- b) 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan davomiylikdan;
v) nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeks 427-moddasining ikkinchi qismida belgilangan davomiylikdan; iborat
Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev