Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ma’muriy sudlar faoliyai takomillashtiriladi.


                                      Ma’muriy sudlar faoliyai takomillashtiriladi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat organlari bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba ma’muriy sudlar 2017 yilda tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

Mana shu o‘tgan davr ichida ma’muriy sudlar ma’muriy sudlar faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribada o‘zini oqlagan institut va tartiblarni keng qo‘llash orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini oshirish, shu jumladan, davlat organi hujjatiga ishonib faoliyat yuritgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini qo‘shimcha ravishda kuchaytirish zarurati vujudga kelib, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30 yanvar kunida muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Mazkur qarorga ko‘ra, ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish, ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish va ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish belgilab berildi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra, endilikda ma’muriy sudlar faoliyatiga;

- qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash;

- ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish tartiblari joriy etiladi.

Shuningdek, qaror asosida, davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv institutini joriy etish, ma’muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va sudning xususiy ajrimi bo‘yicha choralar ko‘rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan tadbirkorlar tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Prezidentining sud-huquq sohasini rivojlantirishga qaratilgan mazkur qarori “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida qabul qilingan bo‘lib, u adolatli sud tizimini shakllantirish, xalq manfaati va inson qadr-qimmatini sud yo‘li orqali samarali himoya qilish hamda fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            N.Anarkulova