Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qilmish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda


Qilmish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda

(masalan, o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) va shu bilan birga, aynan shu qilmishni javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘luvchi boshqa belgilar (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holati) mavjud holda sodir etilsa, jinoyatlar majmui mavjud bo‘lmaydi.

Qilmish bunday holda Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun yengilroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Masalan: kuchli ruhiy hayajonlanish holatida o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish faqat JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining javobgarlikni ko‘proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Masalan: zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish faqat JK 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

2008 yil 5 maydagi “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi Oliy Sudi Plenumi qarorining) 9-bandi.

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev