Янгиликлар
Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir
Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir
Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir A) ishtirokchilik – bu jinoiy qilmishning epizotik funksiyaviy vazifalar taqsimoti asosida sodir etilishi hisoblanadi. Unga ko‘ra qilmishning sodir etilish bosqichlari ishtirokchilar tomonidan oldindan kelishilib, vazifalar taqsimlanadi va bajaruvchi, yordamchi, tashkilotchi hamda dalolatchilar faqat o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan namoyon bo‘ladi.
B) bir guruh shaxslar – bu qilmishning oldindan rejalashtirilib, bir guruh bo‘lib sodir etilishidir ya’ni, barcha ishtirokchilarning “bajaruvchi” vazifasini amalga oshirishlaridan iborat.
Odam o‘ldirishni JK 97-modda 2-qismi «p» bandi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning barcha ishtirokchilari jabrlanuvchini o‘ldirishga qasd qilganligini aniqlash zarur. Odam o‘ldirish uchun yagona qasd bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini o‘ldirish jarayonida bevosita ishtirok etgan shaxslarni jinoyatning ijrochilari, deb e’tirof etish kerak bo‘ladi.
Agar bir guruh shaxslar tomonidan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazilsayu, guruh a’zolaridan biri, qolgan ishtirokchilarning xayoliga kelmagani holda, uni qattiq urib o‘ldirgan bo‘lsa, uning bu harakati O‘zR JK 97-modda 2-qismi «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi. Bunday hollarda aybdorning qilmishini sodir etilgan jinoyatning motivini inobatga olgan holda, odam o‘ldirish deb, jinoyatning qolgan ishtirokchilarining qilmishini esa bir guruh shaxslar tomonidan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazish deb kvalifikatsiya qilish lozim.
Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev