Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Aholining bandligini ta’minlash asosiy vazifamiz.


Aholining bandligini ta’minlash asosiy vazifamiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xaridi uchun davlat tomonidan subsidiya va boshqa moliyaviy yordamlarni ajratish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta’minlash zarurligi sabab joriy yilning 14 fevral kunida “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar, kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar va kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar hamda mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlarga har bir kambag‘al oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar kabi yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq etish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sohada ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadimiz.

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

YUHKM bosh yuriskonsulti                 N.Anarkulova