Янгиликлар
Tadbirkor yoshlarga e’tibor
Tadbirkor yoshlarga e’tibor
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yosh tadbirkorlik sub’yektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovasion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, hamda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 fevral kunida “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi hamda AT “Aloqabank”ning 2025–2027 yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
Ushbu dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;
-yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;
-zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investisiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;
-iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovasion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
Bundan tashqari, dastur asosida “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.
Shuningdek, “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.
Dasturga ko‘ra, “Innovasion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Mazkur qarorga ko‘ra, unda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash instrumentlaridan foydalangan tadbirkorlarning hisob varaqlariga bepul xizmat ko‘rsatilishi birn qatorda 2025 yil 1 aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2025 yil 1 martgacha AT “Aloqabank”ning hududlarda yoshlarning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirishga hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish (“Startaplar”) loyihasi respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi va loyihaning hududlardagi bo‘linmalari malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi, 2025 yil 1 apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun”lari tashkil etiladi hamda hududdagi OTMlar bilan hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, qarorga asosan 2025 yil yakunigacha akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar soni 200 taga yetkaziladi va hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muvaffaqiyatli tadbirkor darajasigacha rivojlanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi, jumladan ularga tayyor ofislar ijaraga beriladi, buxgalteriya, marketing, eksport bozorlariga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bugungi kunda, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda byurokratiyani yengish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘z navbatida jamiyatimizda tadbirkorlik madaniyati ham rivojlanib, yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti N.Anarkulova