Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi


Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

 

Mamlakatimizda pillachilikni yanada rivojlantirish, sohada ishlash istagida bo‘lgan aholini, shu jumladan, xotin-qizlarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning ushbu sohada bandligini ta’minlash orqali qishloq joylarida aholining farovonligini oshirish maqsadida joriy yilning 29 yanvar kunida Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Pilla (ho‘l pilla) — ipak qurtlarini parvarishlash natijasida olinadigan mahsulot (dastlabki ishlov berilmagan, g‘umbagi ho‘l holdagi pilla xom ashyosi);

Mazkur qarorga ko‘ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich ta’minlash tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi Prezidenti Farmoniga muvofiq ustuvor ravishda pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali ta’minlanadi.

Pillachilik klasterlari — pilla xom ashyosini qabul qilib oluvchi va uni qayta ishlovchi tashkilotlar hisoblanadi.

Ipak qurti urug‘chilik tashkilotlari — urug‘lik pillalarni qabul qilib, undan ipak qurti urug‘larini tayyorlovchi tashkilotlar hisoblanadi.

Qarorga asosan, bir oy muddatda Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib borilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                    N. Anarqulova