Янгиликлар
Endilikda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun foizsiz ssudalar ajratiladi Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo
Endilikda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun foizsiz ssudalar ajratiladi
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xaridi uchun davlat tomonidan subsidiya va boshqa moliyaviy yordamlarni ajratish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta’minlash zarurligi sabab joriy yilning 14 fevral kunida “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etiladi.
Shuningdek, aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtirilib, mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratilsa, 2025 yil 20 martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq etish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sohada ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadimiz.
Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti N.Anarqulova