Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Dekretga chiqmasdan ishlash mumkinmi?


                                          Dekretga chiqmasdan ishlash mumkinmi?

 

Ko‘pchilik homilador ayollar dekretga chiqmay ishlash haqida ish beruvchiga murojaat qilib ish beruvchini va korxona kadrlar bo‘limini noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Chunki ayollar ham ishlab ish haqimni olaman, ham dekret pulini olaman degan hayolda bo‘lishadi. Aslida ayollar dekretga chiqmay ishlashiga MKsi nima deydi?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga   asosan Ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi 2667-sonli Yo‘riqnomaning 27-bandiga asosan Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda homiladorlik va tug‘ish ta’tilini uzaytirish uchun tug‘ruq muassasasi tomonidan yana o‘n to‘rt kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Ya’ni mazkur yo‘riqnomaga e’tibor qaratilsa, ayolga homilaning 30 haftasidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi deyilmoqda. Bu degani ayol o‘ttizinchi haftadan keyin mehnatga layoqatsiz bo‘ladi degani bunday xodimlarga ishlash mumkin emas. Ya’ni shuni ayib o‘tish kerak agar ayolning homilasi o‘ttizinchi haftadan keyin nobud bo‘lganda va yoki farzand o‘lik tug‘ilganda yoki boshqa sabablar bilan vafot etgan taqdirda ham ayol 126 kalendar kunlik ta’tilni to‘liq tugatgandan so‘ng ishga chiqishga haqli. Chunki, MKning 404-moddasi 2-qismiga asosan Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.

Homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan ilgari tug‘ish holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi tug‘ruq muassasasi tomonidan bola tug‘ilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga beriladi:

bola tirik tug‘ilganda — bir yuz yigirma olti kalendar kunga;

bola o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud bo‘lganda — yetmish kalendar kunga.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                   M.Shukurov