Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi


Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi VMQ-91-sonli qarori bilan "Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to'lovlarini hisoblash va to'lash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.

Nizom “Elektr energetikasi to'g'risida”gi Qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.

Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;

- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;

- quvvati 5 MVt dan kam bo'lgan elektr stansiyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;

- o'z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga.

Litsenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko'rsatish uchun “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi.

Talabgor litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda belgilangan ma'lumotlarni ko'rsatgan va qo'shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to'ldiradi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov