Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko'maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturidan ko’zlangan maqsad nima?


OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko'maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturidan ko’zlangan maqsad nima?

2025-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-61-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko'maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

- o'z biznes g'oyalarini amalga oshirish istagi bo'lgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g'oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to'liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

- oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o'rtasida sohalar bo'yicha ochiq tanlovlar o'tkazish va g'oliblarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish.

Bunda:

- salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma'lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo'yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

- tanlov g'oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko'ra individual kasbiy ta'lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

- individual kasbiy ta'lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o'tash va chet eldagi oliy ta'lim tashkilotlarida qisqa muddatli o'quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov