Янгиликлар
Xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan startap loyihalar qo’llab-quvvatlanadi.
Xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan startap loyihalar qo’llab-quvvatlanadi.
2025-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-60-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun o'tkazilgan nufuzli tanlovlarda g'olib (sovrindor) bo'lgan startap loyihalarga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha venchur jamg'arma tomonidan 2 milliard so'mgacha investitsiya mablag'lari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi:
- istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo'lgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga – 500 million so'mgacha;
- O'zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga –
1 milliard so'mgacha;
- xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan startap loyihaga –
2 milliard so'mgacha;
- Savdo-sanoat palatasi hamda joylardagi hokimliklar:
- Jamg'arma tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga ko'maklashish uchun shaxsan mas'ul etib belgilanadi;
- har chorakda yuqori qo'shilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg'armaga takliflar kiritib boradi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM Bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov