Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Autstaffing xizmati nima?


Autstaffing xizmati nima?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-oktabrdagi VMQ-706-sonli qaroriga binoan, autstaffing xizmati bu — autstaffer tomonidan o'z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga (qabul qiluvchi tashkilotga) ushbu xodimlar tomonidan autstaffer va uning xodimi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida hamda jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtincha yuborish yo'li bilan ko'rsatiladigan xizmat turi hisoblanadi.

Bunda, autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko'rsatiladi.

Shuningdek, autstaffing shartnomasi orqali xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish muddati bir kalendar yil davomida 9 oydan oshmasligi kerak.

Ammo, taraflarning kelishuvi va xodimning roziligi bilan mazkur muddat uzaytirilishi mumkin.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov